Ish izlovchilar uchun
AQSh va Kanadadagi dolzarb vakansiyalarni ko‘rib chiqing va o‘zingizga mos ishni toping.
Ish beruvchilar
Vakansiyalaringizni joylashtiring va AQSh hamda Kanadadagi ish izlovchilarning rezyumelarini ko‘rib chiqing — xodimlarni tez va oson toping.
Immigratsiya
Karyera
Ta’lim
Sog‘liqni saqlash
Huquqiy yordam
Yangi immigrantlar uchun foydali ma’lumotlar: hujjatlar, moslashuv va kundalik hayot.
Ish izlash va muvaffaqiyatli ishga joylashish bo‘yicha amaliy tavsiyalar.
O‘qishga kirish, ta’lim olish, grantlar va ta’lim imkoniyatlari haqida barcha ma’lumotlar.
Sog‘liq, tibbiy xizmatlar, dori-darmonlar va sug‘urta haqida foydali ma’lumotlar.
Qonunlar, rasmiy tartib-taomillar va muhim huquqiy masalalarni sodda va tushunarli tilda tushuntiramiz.
Diasporani qo‘llab-quvvatlash
Sizning hissangiz loyihalar, insonlar va diasporamizni qo‘llab-quvvatlashga yordam beradi.
Biznesga yordam
G‘oyadan biznesgacha: rejalashtirish, qonuniy masalalar va moliyalashtirish bo‘yicha yordam beramiz.

O‘zbek diasporasi AQShdagi faoliyatini kengaytirmoqda

AQShdagi o‘zbek diasporasi ichidagi aloqalarni mustahkamlash va vatandoshlar o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish doirasida ikkita yangi hududiy birlashma — “Vatan New York” va “Vatan New Jersey” tashkil etildi. Mazkur tuzilmalar “Vatan Global Alliance” birlashmasining Nyu-York va Nyu-Jersi shtatlaridagi ilk vakolatxonalariga aylandi.
Ushbu birlashma avvalroq AQShda o‘zbek diasporasi hamjamiyatlari, tadbirkorlar, jamoat faollari va yoshlar o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek, vatandoshlarni qo‘llab-quvvatlash va qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish bo‘yicha yagona yondashuvlarni shakllantirish maqsadida tashkil etilgan.

Yangi bo‘linmalarni tashkil etish to‘g‘risidagi qaror tashkilot faollari va O‘zbekiston Respublikasining Nyu-Yorkdagi Bosh konsulxonasi vakillari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv davomida qabul qilindi. AQShda O‘zbekistondan kelganlar eng ko‘p istiqomat qiladigan markazlardan biri sifatida Nyu-Yorkka alohida e’tibor qaratildi.

Ta’kidlanishicha, yangi tuzilmalar faoliyati o‘zbek hamjamiyatining ishtirokini kengaytirish, tadbirkorlar, yoshlar va faollarni jamoat ishlariga jalb etish, shuningdek, ta’lim, madaniyat va xayriya loyihalarini amalga oshirishga qaratiladi. Tarixiy Vatan bilan aloqalarni mustahkamlash ham muhim yo‘nalishlardan biri bo‘ladi.

Yangi bo‘linmalar rahbari etib o‘zbek diasporasi vakili, tadbirkor va jamoat arbobi Baxtiyor Qodirov tayinlandi. Yaqin vaqt ichida ishchi guruhni shakllantirish va Nyu-York hamda Nyu-Jersidagi vatandoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan dastlabki tashabbuslarni boshlash rejalashtirilmoqda.

Uchrashuv ishtirokchilari diaspora ichidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash qo‘shma faoliyat samaradorligini oshirish, vatandoshlarning jamoat hayotidagi ishtirokini kengaytirish va o‘zbek hamjamiyatining Amerika jamiyatidagi mavqeini mustahkamlashga xizmat qilishini ta’kidladilar.

“Vatan New York” va “Vatan New Jersey” tuzilmalarining tashkil etilishi O‘zbekiston mustaqilligining bo‘lajak 35 yilligiga bag‘ishlangani va muhim ramziy ahamiyatga ega ekani alohida ta’kidlandi. Yangi platformalar milliy an’analarni asrash va Vatan bilan aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan madaniy, ta’limiy va jamoat tadbirlarini o‘tkazish markazlariga aylanishi kutilmoqda.

Shuningdek, mazkur tuzilmalarni ishga tushirish birlashma faoliyatini kengaytirishning dastlabki bosqichi ekani qayd etildi. Kelgusida “Vatan Global Alliance” tarmog‘ini AQShning O‘zbekistondan kelganlar ko‘p istiqomat qiladigan boshqa hududlarida ham rivojlantirish rejalashtirilmoqda. Bu butun mamlakat bo‘ylab tadbirkorlar, yoshlar va jamoat faollarining salohiyatini birlashtirish hamda AQShdagi o‘zbek diaspora harakatini rivojlantirishga qo‘shimcha turtki berish imkonini beradi.