Ish izlovchilar uchun
AQSh va Kanadadagi dolzarb vakansiyalarni ko‘rib chiqing va o‘zingizga mos ishni toping.
Ish beruvchilar
Vakansiyalaringizni joylashtiring va AQSh hamda Kanadadagi ish izlovchilarning rezyumelarini ko‘rib chiqing — xodimlarni tez va oson toping.
Immigratsiya
Karyera
Ta’lim
Sog‘liqni saqlash
Huquqiy yordam
Yangi immigrantlar uchun foydali ma’lumotlar: hujjatlar, moslashuv va kundalik hayot.
Ish izlash va muvaffaqiyatli ishga joylashish bo‘yicha amaliy tavsiyalar.
O‘qishga kirish, ta’lim olish, grantlar va ta’lim imkoniyatlari haqida barcha ma’lumotlar.
Sog‘liq, tibbiy xizmatlar, dori-darmonlar va sug‘urta haqida foydali ma’lumotlar.
Qonunlar, rasmiy tartib-taomillar va muhim huquqiy masalalarni sodda va tushunarli tilda tushuntiramiz.
Diasporani qo‘llab-quvvatlash
Sizning hissangiz loyihalar, insonlar va diasporamizni qo‘llab-quvvatlashga yordam beradi.
Biznesga yordam
G‘oyadan biznesgacha: rejalashtirish, qonuniy masalalar va moliyalashtirish bo‘yicha yordam beramiz.

Ozod Soliyev: «Bu yerdan inson o‘z tarixini yanada chuqurroq anglagan holda chiqadi»

AQShda faoliyat yuritayotgan Vatan Global Alliance tashkiloti raisi Ozod Soliyev O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurib, uning ekspozitsiyalari ko‘lami, mazmuni hamda tarixiy-ma’rifiy ahamiyatini yuqori baholadi. Tashrif davomida Ozod Soliyev Islom sivilizatsiyasi markazining ekspozitsiya zallari bilan tanishdi. Ularda O‘zbekistonning tarixiy va madaniy merosiga oid noyob namunalar namoyish etilgan.
Mehmonga hozirgi O‘zbekiston hududida shakllangan qadimgi sivilizatsiyalar, islom madaniyati va ma’rifatining rivoji, ilm-fan yutuqlari, buyuk olim va mutafakkirlar merosi, shuningdek, mamlakat xalqining ko‘p asrlik tarixini aks ettiruvchi eksponatlar haqida ma’lumot berildi.
Ozod Soliyev avval ham Markaz haqidagi materiallarni ommaviy axborot vositalarida ko‘rganini, biroq majmua bilan bevosita tanishish uning ko‘lami va mazmunini ancha chuqurroq baholash imkonini berganini ta’kidladi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ayniqsa, Birinchi Renessans davridan to bugungi kungacha bo‘lgan tarixiy taraqqiyotning turli bosqichlarini bir makonda ko‘rish imkoniyati kuchli taassurot qoldiradi.

«Men bu Markaz haqida ilgari ham eshitganman va yangiliklarda u haqidagi materiallarni ko‘rganman. Ammo ekspozitsiya bu qadar keng ko‘lamli ekanini tasavvur ham qilmagan edim. Bu yerda tariximiz naqadar boy va teran ekanini ayniqsa chuqur his qilasan. Birinchi Renessansdan bugungi kungacha bo‘lgan taraqqiyot yo‘lini bir joyda namoyish etish — ulkan mehnat natijasidir», — dedi Ozod Soliyev.

Har bir eksponatning o‘z tarixi bor
Vatan Global Alliance raisi taqdim etilgan tarixiy obyektlar haqidagi ma’lumotlarning batafsil yoritilishiga ham e’tibor qaratdi.
Tashrif buyuruvchilar har bir eksponatning kelib chiqishi, uning topilishi va o‘rganilishi tarixi, shuningdek, muayyan tarixiy davrni anglashdagi ahamiyati haqida ma’lumot olishlari mumkin.

Ozod Soliyev fikricha, bunday yondashuv alohida artefaktlar bilan shunchaki tanishish bilangina cheklanmay, tarixiy jarayonlar va mintaqaning madaniy merosini yanada chuqurroq anglashga yordam beradi.

«Har bir eksponatning o‘z tarixi bor. Bu yerda uning qayerdan olib kelingani, qachon topilgani va qanday ahamiyatga ega ekani haqida hikoya qilinadi. Inson bu yerdan kirgan paytidagidek chiqmaydi. U Markazni o‘z tarixini, islom sivilizatsiyasini va mamlakatimiz o‘tmishini yanada chuqurroq anglagan holda tark etadi», — deya ta’kidladi u.

O‘zbekiston aholisi va xorijiy mehmonlar uchun markaz
Ozod Soliyev Islom sivilizatsiyasi markazi nafaqat O‘zbekiston aholisi, balki xorijiy tashrif buyuruvchilar uchun ham katta ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi. Uning fikricha, majmua mamlakatning boy tarixiy, ilmiy va madaniy merosi bilan bir makonda tanishish, shuningdek, mintaqaning islom sivilizatsiyasi rivojiga qo‘shgan hissasini yaxshiroq anglash imkonini beradi. Mehmonning alohida e’tiborini amalga oshirilgan ishlarning ko‘lami, ekspozitsiyalarni yaratishda qo‘llanilgan zamonaviy yondashuvlar hamda tarixiy merosni saqlash, ilmiy o‘rganish va ommalashtirishga qaratilgan faoliyat tortdi.

Ozod Soliyev, shuningdek, Markazning xalqaro miqyosda e’tirof etilganini, jumladan, uning Ginnesning rekordlar kitobida qayd etilganini ham ta’kidlab, buni majmuaning ko‘lami va noyobligining ko‘rsatkichlaridan biri sifatida baholadi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonda tarixiy-madaniy merosni asrab-avaylash, uni ilmiy tadqiq etish va xalqaro maydonda targ‘ib qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar allaqachon sezilarli amaliy natijalar bermoqda.

Xorijdagi vatandoshlar bilan aloqalar
Tashrif davomida Vatan Global Alliance faoliyatiga ham to‘xtalib o‘tildi. Tashkilot AQShda yashayotgan vatandoshlarni birlashtirish va ular bilan birgalikda turli ijtimoiy, madaniy hamda boshqa tashabbuslarni amalga oshirish yo‘lida faoliyat olib boradi.
Tashrif yakunida Ozod Soliyev Markazda yaratilgan sharoitlar va namoyish etilgan ekspozitsiyalar haqidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

U bunday loyihalar tarixiy xotirani saqlash, milliy merosga bo‘lgan qiziqishni mustahkamlash hamda O‘zbekistonning boy tarixi va madaniyatini xalqaro auditoriyaga yanada kengroq tanishtirishda muhim rol o‘ynashini ta’kidladi.