Tadbir davomida ishtirokchilar tadbirkorlikni rivojlantirish, investitsiyalarni jalb etish, biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, AQShdagi o‘zbek diasporasining iqtisodiy faolligini kengaytirish masalalarini muhokama qildilar.
Forum doirasida
UPAY.NET kompaniyasi boshqaruv a’zosi Akmal Abdullayev kompaniyaning innovatsion biznes loyihasini taqdim etdi. Taqdimot ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi. Shundan so‘ng raqamli moliyaviy texnologiyalar va zamonaviy to‘lov yechimlarini rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Bunday tadbirlarda ishtirok etish biznes aloqalarini mustahkamlash, tajriba almashish hamda biznes vakillari, investorlar va jamoat tashkilotlari o‘rtasida yangi hamkorlik imkoniyatlarini yaratishga xizmat qiladi.
VATAN Global Alliance vatandoshlarni birlashtirish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi iqtisodiy va ijtimoiy aloqalarni rivojlantirishga qaratilgan faoliyatini davom ettirmoqda.