Uchrashuv davomida kongressmen ofisi vatandoshlarimizga ko‘mak ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan aniq masalalar ko‘rib chiqildi. Shuningdek, ishtirokchilar AQSh va xalqaro kun tartibidagi bir qator dolzarb mavzularni muhokama qildilar.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar boshlangan muloqotni davom ettirish va avgust hamda sentyabr oylarida navbatdagi uchrashuvlarni o‘tkazishga kelishib oldilar. Bundan tashqari, kongressmen Brayan Fitspatrikka O‘zbekistonga tashrif buyurish taklifi yuborildi. Tashrif davomida u mamlakatimiz, xalqimiz va O‘zbekiston–AQSh munosabatlarini yanada rivojlantirish imkoniyatlari bilan yaqindan tanishishi mumkin.
Uchrashuvda Vatan Global Alliance nomidan Ozod Soliyev, Sadullo Ahmedov va Zafar Safarov ishtirok etdilar. Mazmunli uchrashuv va ochiq muloqot uchun kongressmen Brayan Fitspatrik, Said Onal va Adam Kentsga minnatdorlik bildiramiz.
Ishonchimiz komilki, bunday uchrashuvlar kelgusidagi hamkorlik uchun mustahkam asos yaratadi hamda AQShdagi vatandoshlarimizning manfaatlarini yanada samarali ifodalash va himoya qilish imkonini beradi.