Ish izlovchilar uchun
AQSh va Kanadadagi dolzarb vakansiyalarni ko‘rib chiqing va o‘zingizga mos ishni toping.
Ish beruvchilar
Vakansiyalaringizni joylashtiring va AQSh hamda Kanadadagi ish izlovchilarning rezyumelarini ko‘rib chiqing — xodimlarni tez va oson toping.
Immigratsiya
Karyera
Ta’lim
Sog‘liqni saqlash
Huquqiy yordam
Yangi immigrantlar uchun foydali ma’lumotlar: hujjatlar, moslashuv va kundalik hayot.
Ish izlash va muvaffaqiyatli ishga joylashish bo‘yicha amaliy tavsiyalar.
O‘qishga kirish, ta’lim olish, grantlar va ta’lim imkoniyatlari haqida barcha ma’lumotlar.
Sog‘liq, tibbiy xizmatlar, dori-darmonlar va sug‘urta haqida foydali ma’lumotlar.
Qonunlar, rasmiy tartib-taomillar va muhim huquqiy masalalarni sodda va tushunarli tilda tushuntiramiz.
Diasporani qo‘llab-quvvatlash
Sizning hissangiz loyihalar, insonlar va diasporamizni qo‘llab-quvvatlashga yordam beradi.
Biznesga yordam
G‘oyadan biznesgacha: rejalashtirish, qonuniy masalalar va moliyalashtirish bo‘yicha yordam beramiz.

O‘zbekistonliklar uchun AQShdan pul jo‘natishning yangi imkoniyati

Nyu-York, 26-avgust. O‘zbekiston davlat mustaqilligining 35 yilligi arafasida AQShda yashayotgan vatandoshlar uchun yangi raqamli moliyaviy xizmat ishga tushirildi. Endilikda AQShdan turib O‘zbekistondagi HUMO va UZCARD kartalariga bevosita pul mablag‘larini o‘tkazish imkoniyati mavjud.

Yangi xizmat Nyu-Yorkda tashkil etilgan uPay.net fintech platformasi orqali yo‘lga qo‘yildi. Ushbu platforma o‘zbekistonlik tadbirkorlar Xusrav Mahmudov va Akmal Abdullayev tomonidan yaratilgan.
Loyiha, avvalo, AQShda istiqomat qilayotgan va ishlayotgan, shu bilan birga O‘zbekistondagi yaqinlari bilan doimiy aloqada bo‘lgan vatandoshlar uchun mo‘ljallangan. Yangi imkoniyat orqali ular xorijdan turib oila a’zolari va yaqinlariga pul mablag‘larini milliy to‘lov tizimlari kartalariga yuborishlari mumkin.

Bundan avval uPay.net foydalanuvchilari O‘zbekistondagi mobil aloqa, internet, kommunal xizmatlar va boshqa to‘lovlarni masofadan amalga oshirish imkoniyatiga ega edi. Endi esa platformaning funksiyalari kengaytirilib, AQShdan HUMO va UZCARD kartalariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri pul o‘tkazmalari ham yo‘lga qo‘yildi.

Xizmatdagi barcha operatsiyalar raqamli shaklda amalga oshiriladi. Platformani ishga tushirish jarayonida AQSh va O‘zbekistonning moliyaviy tartibga solish talablariga rioya etish, tranzaksiyalar xavfsizligini ta’minlash hamda foydalanuvchilar uchun qulay sharoit yaratishga alohida e’tibor qaratildi.

Shu maqsadda loyiha uchun zarur bank, texnologik va komplayens infratuzilmasi shakllantirildi. Loyiha tashabbuskorlari O‘zbekistonning Nyu-Yorkdagi Bosh konsulxonasi hamda vatandoshlar tashkilotlari bilan aloqalarni davom ettirmoqda. Ushbu hamkorlik doirasida AQShdagi o‘zbekistonliklar ehtiyojlari o‘rganilib, kelajakda yangi raqamli xizmatlarni rivojlantirish masalalari muhokama qilinmoqda.

AQShdan O‘zbekistonga pul o‘tkazish imkoniyatining yo‘lga qo‘yilishi loyihaning dastlabki bosqichi sifatida baholanmoqda. Keyingi rejalar qatorida pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirish, qo‘shimcha moliyaviy vositalarni joriy etish va Markaziy Osiyodan kelgan foydalanuvchilar uchun yangi raqamli xizmatlarni ishlab chiqish ham bor.